
Yil yakuniga yaqin Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchilarning bozor bahosini yangiladi. Yangilanishdan avval dunyoning eng qimmat futbolchisi sifatida "Barselona" a’zosi Lamin Yamal qayd etilgan edi.
Uning transfer qiymati 200 million yevro etib baholangan. Yamalning narxi o‘zgarmadi, biroq endi unga ikki nafar futbolchi tenglashdi.
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand va "Real" futbolchisi Kilian Mbappe qiymati 20 million yevroga oshdi va ularning har biri 200 million yevroga baholandi. Dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatining kuchli beshtaligiga, shuningdek, Jude Bellingham (160 million yevro) va Vinisius Junior (150 million yevro) kiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.