date

PSJ darvozaboni Lyuka Shevalye safga qaytdi


Parijning "PSJ" klubi darvozaboni Lyuka Shevalye jarohatdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Luis Enrike ma’lum qildi.

"Shevalye kichik jarohat olgan edi. Hozir esa u safga qaytdi va bugun odatdagidek mashg‘ulotlarda qatnashmoqda", – deydi Enrike RMC Sport bilan suhbatda.

So‘nggi ikki o‘yinda Matvey Safonov "PSJ" asosiy tarkibida maydonga tushdi. U birinchi bo‘lib Liga 1 doirasida "Renn"ga qarshi uchrashuvda (5:0) darvozani qo‘riqladi, keyin esa Chempionlar ligasi o‘yinida safarda "Atletik Bilbao"ga qarshi (0:0) maydonga chiqdi.

Bu o‘yinlar ushbu mavsumda Safonovning "PSJ" safida birinchi chiqishlari bo‘ldi. Bungacha esa parijliklar darvozasini faqat Shevalye himoya qilgan.

Luis Enrike Safonov haqida shunday fikr bildirgan: "Bizda uchta yuqori darajadagi darvozabon bor."
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ darvozaboni Lyuka Shevalye safga qaytdi