date

Luis Enrike PSJning durang sababini izohladi


PSJ Chempionlar ligasi guruh bosqichining oltinchi turida «Atletik Bilbao» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Parijliklar raqiblariga nisbatan ko‘proq zarba yo‘llashdi va to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik qilishdi.

Ammo gol urishga muvaffaq bo‘lishmadi. Uchrashuv qahramoni sifatida mezbonlar darvozaboni Unay Simon tan olindi.

U sakkizta zarbani qaytarib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi. "Juda qiyin o‘yin bo‘ldi, ayniqsa birinchi bo‘limda.

Shunga qaramay, bizda aniq gol urish uchun imkoniyatlar bor edi va g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Raqiblarning yuqori pressing uslubi bizga ko‘p muammolar tug‘dirdi.

Biz bilardikki, vaqt o‘tishi bilan «Atletik»ning tempini pasaytirishidan foydalanishimiz mumkin, ammo baribir g‘alaba qozona olmadik. Unay Simon ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

Stadiondagi muhit kutilganidek ajoyib edi," dedi PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA matbuot xizmati orqali. Mazkur natijadan so‘ng PSJ 13 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Jamoa faqat «Arsenal» (18 ochko) va «Bavariya»ga (15 ochko) imkoniyatni boy berib turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike PSJning durang sababini izohladi