date

Matvey Safonov PSJdagi debyut o‘yinlari haqida gapirdi


Fransiyaning "PSJ" klubi darvozaboni Matvey Safonov joriy mavsumdagi debyut uchrashuvlari haqidagi fikrlarini bildirdi. Rossiyalik posbon klubning asosiy darvozaboni Lyuka Shevalye jarohat olganidan so‘ng asosiy tarkibga kiritildi.

"Ochig‘i, ikki-uch kun ichida o‘yin his-tuyg‘ulari unutiladi. Bir narsa – tayyorlanib zaxirada o‘tirish, boshqa narsa esa tayyorlanib maydonga tushish.

Bunday rejimga o‘rganish kerakmi yoki yo‘qmi, ko‘ramiz", – deb yozdi Safonov ijtimoiy tarmoqlar orqali. Eslatib o‘tamiz, Safonov ikkita o‘yinni "quruq" hisobda yakunladi.

Luis Enrike boshchiligidagi jamoa Rossiyalik darvozabon bilan "Renn"ni Liga 1 doirasida 5:0 hisobida mag‘lub etdi va UEFA Chempionlar Ligasi uchrashuvida "Atletik Bilbao" bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Matvey Safonov PSJdagi debyut o‘yinlari haqida gapirdi