Bartesagi gol urib, Maldini rekordiga yaqinlashdi

Bartesagi gol urib, Maldini rekordiga yaqinlashdi
A Seriya 15-turida yakshanba kuni "Milan" va "Sassuolo" o'rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlandi. "Rossoneri" safida Davide Bartesagi dubl qayd etdi.

Bu 19 yoshli qanot himoyachining "Milan" asosiy jamoasidagi ilk gollari bo'ldi. Opta ma'lumotiga ko'ra, Bartesagi 1988 yildan beri A Seriyada "Milan" safida gol urgan eng yosh himoyachiga aylandi.

U 19 yosh-u 350 kunligida raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ta'kidlanishicha, 1988 yil 28 fevral kuni Paolo Maldini bundan ham yoshroq — 19 yosh-u 247 kunligida — "Milan" safida gol urgan va keyinchalik klub afsonasiga aylangan.

"Milan" hozircha A Seriyada peshqadam, biroq tur yakuniga qadar "Napoli" va "Inter" uni ortda qoldirishi mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar