date

Tashuyev: Safonov PSJda o'zini yana isbotlashi kerak

Tashuyev: Safonov PSJda o'zini yana isbotlashi kerak
«Ahmat» sobiq bosh murabbiyi Sergey Tashuyev rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning «Pari Sen-Jermen» asosiy tarkibidan joy olish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. «Matvey o'zini yana isbotlashi kerak.

U PSJning asosiy darvozaboni maqomiga olib boradigan yo'lda ilk qadamni tashladi. Yana ko'proq ishlash zarur, Safonovda bu borada muammo yo'q, deb o'ylayman», — deya Tashuyevning so'zlarini «Chempionat» nashri keltiradi.

Jamoaning asosiy posboni Lyuka Shevalye jarohat olgani sabab Safonov so'nggi uch uchrashuvda maydonga tushdi. U «Renn»ga qarshi o'yinda (5:0), «Atletik» bilan bahsda (0:0) va «Mets»ga qarshi uchrashuvda (3:2) PSJ darvozasini qo'riqladi.

Eslatib o'tamiz, Safonov 2024 yil yozida «Krasnodar» klubidan Fransiyaning PSJ jamoasiga ko'chib o'tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tashuyev: Safonov PSJda o'zini yana isbotlashi kerak