
Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq darvozaboni Dmitriy Brodin «PSJ» safida to'p surayotgan rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning o'yini haqida fikr bildirdi. Mutaxassisga ko'ra, Safonovga berilgan imkoniyat o'zini oqlamoqda: u maydonga tushgan ikki uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Brodin darvozabonga ishonch bildirish kerakligini, agar uning o'yini yurishib turgan bo'lsa, uni almashtirishga hojat yo'qligini ta'kidladi. Shuningdek, u «Lill» posboni Lukas SHevale bilan Safonov o'rtasida sezilarli tafovut ko'rmayotganini aytdi.
Joriy mavsumda Safonov Parij klubining uchta o'yinida ishtirok etdi va ikki gol o'tkazib yubordi. 26 yoshli darvozabon «PSJ»ga o'tgan yil yozida kelib qo'shilgan.
Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.