date

Didye Desham The Best ovoz berishida Dembeleni birinchi qo'ydi


Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham “Yilning eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasi bo'yicha o'z ovozini jamoasining vakillariga berdi. Seshanba kuni bo'lib o'tgan The Best marosimida sovrin “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Usmon Dembelenga nasib etdi.

Madrid Zone xabariga ko'ra, Desham “uchranglilar” ustozi sifatida qatnashgan ovoz berishda ham Dembeleni birinchi o'ringa qo'ydi. Mutaxassis ro'yxatida ikkinchi o'rinni Madridning “Real” klubi futbolchisi Kilian Mbappe egalladi.

Uchlikni esa “Pari Sen-Jermen” a'zosi, marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi yakunladi. Didye Desham 2012 yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib keladi.

Murabbiy 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so'ng lavozimni tark etishni rejalashtirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Didye Desham The Best ovoz berishida Dembeleni birinchi qo'ydi