
Milaning “Inter” klubi yarim himoyachisi Davide Frattezi qishki transfer oynasida A Seriyadagi boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. 26 yoshli futbolchi Kristian Kivu jamoasidagi rolidan norozi ekani sababli yanvarda ketish variantini ko‘rib chiqmoqda.
L’Interista xabariga ko‘ra, Frattezi uchun kurashda yangi favorit sifatida “Roma” oldinga chiqdi. Rim klubi o‘z tarbiyalanuvchisini kelasi oy qaytarib olish niyatida qat’iy turibdi va ayni paytda italiyalik futbolchiga da’vogarlik qilayotgan “Yuventus” hamda “Napoli”dan ustunlik qilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, “Inter” Davide Frattezi uchun kamida 30–35 million yevro talab qiladi. “Roma” esa futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olib, keyinchalik majburiy sotib olish sharti bilan kelishuv taklif etishga tayyor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.