
«Arsenal» hujumchisi Kay Haverts joriy yil yakuniga qadar safga qaytishni qat'iy maqsad qilgan. Bu haqda HandofArsenal xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchi dekabr oxirigacha maydonda ko'rinish berish uchun faol harakat qilmoqda. Biroq uning qaytish muddati organizmning tiklanishiga bog'liq bo'ladi va klub shoshilinch qaror qabul qilishni istamayapti.
Qayd etilishicha, Havertsning reabilitatsiya jarayoni mutaxassislar tomonidan sinchkov nazorat ostida olib borilmoqda. Shu bilan birga, klubda nemis futbolchisining muddatidan avval qaytishi borasida ehtiyotkor optimizm saqlanib qolgan.
Haverts joriy mavsumda Angliya Premer-ligasining 1-turida «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvda (1:0) maydonga tushgan, xolos. Shundan buyon u tizzasidagi jarohatni davolamoqda.
Yil oxirigacha «Arsenal» «Everton», «Kristal Pelas», «Brayton» va «Aston Villa»ga qarshi o'yin o'tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.