
“Milan”ning sobiq hujumchisi Marko Simone jamoaning hozirgi tarkibida portugaliyalik vinger Rafael Leauni o'zining sevimli futbolchisi deb atadi. Uning so'zlariga ko'ra, Leau maydondagi portlovchanligi va o'yin davomida bir zumda faollashib, vaziyatni o'zgartirib yuborish qobiliyati bilan ajralib turadi.
“Milanda Mayk Menyan, Kristian Pulishich va Luka Modrich kabi katta futbolchilar bor. Ammo Leau o'yin ichida birdaniga ishga tushib, portlab ketish qobiliyati uchun alohida e'tiborga loyiq.
Menga aynan shu jihati juda yoqadi”, — deya Simonening so'zlarini pianetamilan.it keltiradi. Eslatib o'tamiz, italiyalik forvard Simone 2006 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Shundan keyin u murabbiylik qilgan bo'lsa-da, asosan keng tanilmagan klublarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.