
Futbol agenti Paulu Barboza PSJ darvozaboni Matvey Safonovning kecha Qit'alararo kubok doirasida Braziliyaning «Flamengo» jamoasiga qarshi o'yindagi harakatlariga yuqori baho berdi. «Uning ijrosi ajoyib bo'ldi.
Kimdadir uning darajasi borasida shubha bo'lgan bo'lsa, Safonov bularning barchasini yo'qqa chiqardi. U Yevropadagi eng yaxshi darvozabonlardan biri ekanini isbotladi», deya Barbozaning so'zlarini Legalbet keltirdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida esa parijliklar 2:1 hisobida aniqroq harakat qildi.
Safonov braziliyalik futbolchilarning to'rt zarbasini qaytardi va o'yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.