Mostovoy: Safonov PSJda o'ynab, hayotdan zavqlanmoqda

Sobiq taniqli futbolchi Aleksandr Mostovoy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning "Flamengo"ga qarshi o'yindagi harakatlarini yuqori baholadi. Uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida Safonov bir necha hal qiluvchi seyvlar amalga oshirib, jamoasiga g'alaba va sovrinni taqdim etdi.
Mostovoyning aytishicha, u darvozabonning o'yinidan katta taassurot olgan va Safonovning o'sishi uni ajablantirmagan. Sobiq terma jamoa futbolchisi Safonov "Krasnodar"da to'p sura boshlagan ilk davrlardayoq unda eng yuqori darajadagi futbolchi bo'lish salohiyatini ko'rganini ta'kidladi.
"Matvey barakalla, juda yorqin seyvlar qildi va shu tariqa klubiga sovrinni olib berdi. Men uning "Krasnodar"dagi faoliyatining boshidayoq vaqt o'tib u eng yuqori darajadagi futbolchiga aylanishini aytganman.
U juda katta klubda o'ynayapti va u yerda hayotdan zavqlanmoqda", — deya Mostovoyning so'zlarini keltiradi RB Sport. Joriy mavsumda 26 yoshli darvozabon PSJ safida to'rt o'yinda maydonga tushdi va uchta gol o'tkazib yubordi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mostovoyning aytishicha, u darvozabonning o'yinidan katta taassurot olgan va Safonovning o'sishi uni ajablantirmagan. Sobiq terma jamoa futbolchisi Safonov "Krasnodar"da to'p sura boshlagan ilk davrlardayoq unda eng yuqori darajadagi futbolchi bo'lish salohiyatini ko'rganini ta'kidladi.
"Matvey barakalla, juda yorqin seyvlar qildi va shu tariqa klubiga sovrinni olib berdi. Men uning "Krasnodar"dagi faoliyatining boshidayoq vaqt o'tib u eng yuqori darajadagi futbolchiga aylanishini aytganman.
U juda katta klubda o'ynayapti va u yerda hayotdan zavqlanmoqda", — deya Mostovoyning so'zlarini keltiradi RB Sport. Joriy mavsumda 26 yoshli darvozabon PSJ safida to'rt o'yinda maydonga tushdi va uchta gol o'tkazib yubordi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…