
“An-Nasr” yarim himoyachisi Marselo Brozovich faoliyatini Yevropada davom ettirish niyatida. Ar-Riyod klubi 33 yoshli futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda, biroq u hozircha aniq javob bermagan.
Xorvatiyalik futbolchi Yevropaga qaytishni istaydi va Saudiya Arabistonida olayotgan maoshi Yevropa klublari uchun yuqoriligini tushunadi. Shu bois u katta miqdorda maosh qisqarishiga ham tayyor.
Manbaga ko'ra, transfer yanvar oyidayoq amalga oshishi ehtimoli bor. Brozovichning “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach tugaydi.
U 2023 yil yozida Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgandi. Ungacha esa yarim himoyachi yetti yil davomida Italiya A Seriyasida Milan “Inter”i safida to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.