
Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga mahalliy mutaxassis Miroslav Koubek tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Jamoaning avvalgi ustozi Ivan Gashek Jahon chempionati saralash bosqichida Farer orollaridan 1:2 hisobida kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng lavozimini tark etgan edi. Koubek oldiga pley-off o'yinlaridan muvaffaqiyatli o'tib, terma jamoani yakuniy turnirga olib chiqish vazifasi qo'yilgan.
Mutaxassis bilan 3 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Koubek avvalroq bir qator chex klublarida ishlagan.
Uning qo'l ostida "Viktoriya Plzen" 2015 yilda Chexiya chempioni bo'lgan va mamlakat kubogini qo'lga kiritgan, "Kladno" esa 2006 yilda Chexiyaning ikkinchi divizionida g'olib chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.