
Sheffild Uensdey klubining chap qanot himoyachisi Yisa Alao APLning yirik jamoalari e'tiborini tortdi. 17 yoshli futbolchi Chempionshipda endigina debyut qilgan.
Yosh angliyalik himoyachi hozircha Sheffild Uensdey asosiy jamoasi safida atigi uch uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa-da, yuqori divizion vakillari orasida unga qiziqish paydo bo'ldi. Jurnalist Jo Krann xabariga ko'ra, Manchester Yunayted va Liverpul Alaoni transfer qilish bo'yicha allaqachon rasmiy takliflar yo'llagan.
Alao so'nggi bor Chempionshipning Derbi Kaunti bilan o'yinida uchrashuv oxirlarida maydonga tushdi. Mazkur bahs Sheffild Uensdeyning 0:3 hisobidagi yirik mag'lubiyati bilan yakunlandi.
Sheffild Uensdey hozirda turnir jadvalida oxirgi o'rinda bormoqda. Klub 18 ochkoga jarimaga tortilgan, 20 turdan so'ng esa jamoa hali ham manfiy ko'rsatkichda qolmoqda: hisobida minus to'qqiz ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.