
Bundesliganing 15-turida Dortmundning «Borussiya»si o'z maydonida Myonxengladbaxning «Borussiya»sini 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda Julian Brandt va Maksimilian Bayer gol urdi.
O'yindan keyin «asalarilar» bosh murabbiyi Niko Kovach OAV vakillari bilan suhbatlashdi. «Jamoa g'alaba qozondi va yana gol o'tkazmadi.
Bu — halol qo'lga kiritilgan uch ochko. Uchrashuvni juda yaxshi boshladik, biroq yarim soatdan keyin raqib bizga muammolar tug'dira boshladi.
Tanaffusdan so'ng o'yin darvozadan darvozagacha davom etdi. Biz juda yaxshi pressing qildik, hammasidan mamnunman», — deya mutaxassis so'zlarini Bundesliga matbuot xizmati keltirdi.
15 tur yakuniga ko'ra, Dortmundning «Borussiya»si 32 ochko jamg'argan va turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.