
Dortmundning Borussiya jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Karim Adeyemi Myonxengladbaxning Borussiya klubiga qarshi o'yinda almashtirilganidan norozi bo'ldi. Bundesliganing 15-tur uchrashuvi Dortmund jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Futbolchi maydonni tark etgach, darhol kiyinish xonasiga yo'l oldi, biroq jamoaning sport direktori Sebastyan Kel uni to'xtatdi. Kel Sky Sport nashriga bergan izohida Adeyemining almashtirilishi to'liq asosli bo'lganini ta'kidladi: "Almashtirish mutlaqo o'rinli edi.
U yaxshi o'ynamadi. Gaplashadigan masalalar bor.
Men bunday reaksiyani ko'rishni istamayman, murabbiy ham istamaydi, jamoa ham istamaydi. U jarimaga tortiladi".
Avvalroq Adeyemining jamoani tark etish istagi ortida qanday sabablar borligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.