
Tottenxem jamoasi yarim himoyachisi Xavi Simons Brentford darvozasiga gol urib, Angliya Premer-ligasidagi (APL) debyut golini nishonladi. Ushbu gol London jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi Xavi Simons joriy yoz mavsumida Tottenxemga qoʻshilgan edi. U avval Angliya chempionatida oʻynamagan.
Simons "Barselona" va "PSJ" akademiyalarida tarbiyalangan boʻlib, professional faoliyatida "PSJ", "PSV" hamda Germaniyaning "RB Leyptsig" jamoalarida toʻp surgan. 2022 yildan boshlab Simons Niderlandiya terma jamoasiga muntazam ravishda chaqirilmoqda va u "apelsinlar" safida taxminan 30ta oʻyinda maydonga tushgan.
Hozircha Tottenxem birinchi boʻlim yakunida Brentfordni 2:0 hisobida magʻlub etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.