
Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn Bundesligada «Haydenhaym» ustidan yirik hisobdagi 4:0 g'alaba haqida fikr bildirdi. 2025 yilning yakuniy uchrashuvida myunxenliklarga uch ochko Yosip Stanishich, Maykl Olise va Luis Diasning aniq zarbalari orqali taqdim etildi.
Yakuniy hisobni esa qo'shimcha daqiqalarda Keynning o'zi belgilab berdi. «Birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik, to'liq ustunlik qildik va ikkita gol urdik.
Tanaffusdan keyin ko'p imkoniyatlarni boy berdik, ammo «Haydenhaym» ham yaxshi vaziyatlar yaratdi — Yonas Urbih bir necha ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Biz uchrashuv taqdirini oldinroq hal qilishimiz mumkin edi, lekin eng asosiysi — muhim g'alabani qo'lga kiritdik», — deya Keynning so'zlarini «Gazeta.Ru» keltirdi.
15 turdan so'ng «Bavariya» Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va Dortmundning «Borussiya»sidan to'qqiz ochko oldinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.