Rabio Loftus-Chikning salohiyati bundan ham yuqori, dedi

Fransiyalik yarim himoyachi Adrien Rabio o‘tgan yozdan beri «Milan» safida to‘p surmoqda va jamoa sheriklari bilan yetarlicha tanishib ulgurdi. Uning fikricha, klub tarkibidagi eng kam baholanayotgan futbolchilardan biri — angliyalik Ruben Loftus-Chik.
Qolaversa, ular tengdosh. «Men Rubeni kam baholanayotgan o‘yinchi deb hisoblayman, unda juda katta salohiyat bor.
Mashg‘ulotlarda uni kuzataman va undagi barcha fazilatlarni ko‘raman», — deya Rabioning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi. Eslatib o‘tamiz, Ruben Loftus-Chik 2023 yildan beri «Milan»da o‘ynamoqda.
Ungacha u Londonning «Chelsi» klubi sharafini himoya qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing