«Sporting» 19 yoshli braziliyalik vinger bilan muzokara boshladi

«Vest Hem»ning 19 yoshli vingeri Luis Gilyerme Portugaliyaning «Sporting» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Sporting» allaqachon Gilyerme bilan muzokaralarga kirishgan. Biroq futbolchini «Portu», «Benfika», «Shaxtyor», «Napoli» va «Fiorentina» ham kuzatib bormoqda.
«Vest Hem» yosh braziliyalik uchun taxminan 30 million yevro talab qilmoqda. 2024 yil yozida «bolg‘achilar» Gilyermeni 23 million yevroga sotib olgan.
Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida vinger besh uchrashuvda maydonga tushdi, biroq natijali harakatlari bilan ajralib chiqmadi. Gilyermening «Vest Hem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing