Konrad Laymer «Bavariya»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Avstriyalik yarim himoyachi Konrad Laymer Myunxenning «Bavariya» klubidagi kelajagi borasida izoh berdi. «Ba’zan kelajagim haqida o‘ylab qolaman.
Hozir Myunxenda o‘zimni ancha qulay his qilyapman. Ayni paytda to‘liq xotirjamman», — deya Laymerning so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda Bayern & Germany akkaunti keltirdi.
28 yoshli avstriyalik futbolchi 2023 yilda Myunxen jamoasiga qo‘shilgan. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Laymer «Bavariya» safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing