Rabio Leau allaqachon kuchini ko‘rsatganini aytdi

Rabio Leau allaqachon kuchini ko‘rsatganini aytdi
Fransiyalik yarim himoyachi Adrien Rabio Massimiliano Allegri qo‘l ostida portugaliyalik hujumchi Rafael Leau yanada yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarayotganini ta’kidladi. «Leauda katta salohiyat bor, u ko‘p bor o‘z kuchini ko‘rsatgan.

Hozir men uning Allegri rahbarligida qanday takomillashayotganini ko‘ryapman. Barchamiz tushunamiz — u yana o‘sishda davom etishi kerak.

U o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, shu yo‘lda ishlashi lozim», — deya Rabioning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi. Eslatib o‘tamiz, Leau 2019 yildan beri «Milan» safida to‘p suradi.

U klub bilan 2022 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Hozir jamoa A Seriyada ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar