
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi David Alaba mavsum yakunlangach jamoani tark etadi. 33 yoshli futbolchi bilan kelajakda xayrlashish bo'yicha qaror allaqachon qabul qilingan.
ESPN xabariga ko'ra, "qirollik" klubi avstriyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaydi. Amaldagi kelishuv muddati kelasi yozda tugagach, Alaba "qaymoqranglilar" safini erkin agent sifatida tark etadi.
David Alaba 2021 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u maydonga atigi to'rt marta tushdi.
Umuman olganda, u madridlik grand safida barcha musobaqalarda 120 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.