date

Latsio bosh murabbiyi Sarri yurak muammosi sabab operatsiya qildirdi

Latsio bosh murabbiyi Sarri yurak muammosi sabab operatsiya qildirdi

«Latsio» matbuot xizmati klub bosh murabbiyi Mauritsio Sarri yurakdagi muammolar tufayli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

66 yoshli mutaxassisda bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi aniqlangan — bu yurak urish ritmi buzilishi bo‘lib, insult yoki tromblar paydo bo‘lishi xavfini oshiradi. Sarri Tor Vergata klinikasida aritmiyani davolashda qo‘llanadigan kateterli ablyatsiya amaliyotidan o‘tdi. Operatsiyani professor Andrea Natale amalga oshirdi va u muvaffaqiyatli yakunlandi. Yaqin kunlarda Sarri jamoa boshqaruviga qaytishi kutilmoqda.

Mauritsio Sarri «Latsio»ni joriy yilda qabul qilib olgan. U avval ham rimliklarni 2021–2024 yillarda boshqargan. Murabbiylik faoliyati davomida Sarri ikki sovringa ega chiqqan: 2019 yilda «Chelsi» bilan Yevropa Ligasi hamda 2019/20 mavsumida «Yuventus» bilan A Seriya chempionligi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Latsio bosh murabbiyi Sarri yurak muammosi sabab operatsiya qildirdi