27 yoshli yigitning yuragidan tromb topildi

27 yoshli yigitning yuragidan tromb topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiy tekshiruvdan o‘tayotgan 27 yoshli yigitning yuragi UZIsi aks etgan video tarqaldi. Unda 1999 yilda tug‘ilgan bemorning yuragida tromb, ya’ni qon laxtasi aniqlangani aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, yigit shifokor bilan suhbatda so‘nggi kunlarda nafas qisishi, hansirash va kuchli charchoq kabi alomatlar bezovta qilayotganini bildirgan.

Tromb turli omillar ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin. Energetik ichimliklarni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak urishini tezlashtirishi va qon bosimiga ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas. Biroq aynan ushbu bemorda tromb paydo bo‘lishiga energetik ichimliklar sabab bo‘lgani haqida hozircha tasdiqlangan ma’lumot yo‘q.

Mutaxassislar salomatlikdagi o‘zgarishlarni e’tiborsiz qoldirmaslik muhimligini ta’kidlaydi. Sababsiz kuchli charchoq, nafas qisishi yoki ko‘krakda og‘riq kuzatilsa, tibbiy yordamga murojaat qilish lozim. Agar nafas to‘satdan qattiq qissa yoki ko‘krakda kuchli og‘riq paydo bo‘lsa, zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar