date

Nissa qishda bosh murabbiyidan ayriladi

Nissa qishda bosh murabbiyidan ayriladi

Frank Ez «Nissa» rahbariyati bilan kelishuvga erishib, jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etishga qaror qildi. Mutaxassis klubni qish mavsumidayoq tark etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bunga jamoaning ham Fransiya chempionati, ham Yevropa Ligasi doirasidagi qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgani aytilmoqda.

L’Equipe xabariga ko‘ra, «Nissa»ning yangi ustozi sifatida Klod Pyuel tayinlanadi. U avval ham 2012–2016 yillarda klubni boshqargan.

16 turdan so‘ng «Nissa» 17 ochko bilan Liga 1 jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. Yevropa Ligasida esa olti turdan keyin ham jamoa hisobida birorta ochko yo‘q.

Mag‘lubiyatlardan biridan keyin «Nissa» muxlislari futbolchilar ketayotgan avtobusga hujum qilgani ham qayd etildi. Hodisadan so‘ng ayrim o‘yinchilar klubni tark etish haqida qaror qabul qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nissa qishda bosh murabbiyidan ayriladi