
"Milan"ning sobiq hujumchisi Jampaolo Pachchini Massimiliano Allegri klubga kelganidan keyin boshlangan o'zgarishlardan ruhlanganini bildirdi. Uning fikricha, jamoa ichidagi ijobiy kayfiyat futbolchilar tomonidan ham to'liq qo'llab-quvvatlanmoqda va bu natijalarga ham yaxshi ta'sir ko'rsatyapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"O'tgan mavsumdagi omadsizliklardan keyin hozirgi natijalar yana ishtiyoq uyg'otmoqda. Jamoa safida, shu jumladan muxlislar orasida ham birlik sezilyapti", — deya keltiradi Pachchinining so'zlarini pianetamilan.it.
Ayni paytda "Milan" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Klub Italiya chempioni unvonini oxirgi bor 2022 yilda Stefano Pioli boshchiligida qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.