date

Napoli akademiyasi tarbiyalanuvchisi 23 yoshida futbolni tark etdi

Napoli akademiyasi tarbiyalanuvchisi 23 yoshida futbolni tark etdi

23 yoshli Davide Kostantso kutilmaganda faoliyatini yakunlashini e'lon qildi. U «Napoli»ning ikkinchi jamoasini tark etishini va umuman futbol bilan xayrlashishini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchi so'zlariga ko'ra, u to'rt yoshidan boshlab orzusi yo'lida tinmay mehnat qilgan, biroq vaqt o'tishi bilan futbolga boshqacha nigoh bilan qaray boshlagan. Kostantso bu sportda mehnat va xizmatlar har doim ham hal qiluvchi omil bo'lavermasligini tushunganini aytib, endi hayotida boshqa yo'lni tanlash niyatida ekanini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, «Napoli» hozirda Italiya chempioni hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Napoli akademiyasi tarbiyalanuvchisi 23 yoshida futbolni tark etdi