Ponomaryov JCHni AQShdan kochirish haqida gap bolmasligini aytdi

SSSR terma jamoasining sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov xalqaro vaziyat fonida 2026 yilgi jahon chempionati uchrashuvlarini AQShdan boshqa davlatga kochirish haqidagi ehtimoliy muhokamalarga ishonchsiz qaradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning fikricha, bunday ssenariy deyarli mumkin emas. Ponomaryov FIFA rahbariyati bu variantni umuman korib chiqmasligini, musobaqa avval tasdiqlangan mezbonlar hududida otishini ta'kidladi.
"FIFA jahon chempionati oyinlarini AQShdan boshqa joyga kochirmaydi. Infantino Tramp bilan yaxshi munosabatda. Bu masala kun tartibiga ham chiqmaydi. Afsuski, hech kim ham AQShda otkazmaslik yoki oyinlarni boshqa yerga kochirish kerakligi haqida ogiz ochmaydi", — dedi Ponomaryov. Uning sozlarini Rusfootball.info keltirdi.
Eslatib otamiz, 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha otkaziladi. Turnir uchrashuvlarini AQSh, Kanada va Meksika qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!