Enrike PSJning Fransiya Superkubogidagi g'alabasini baholadi

Fransiya Superkubogi finalida PSJ "Marsel"ni mag'lub etdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa parijliklar aniqroq bo'lib, 4:1 hisobida ustun keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
G'alabadan so'ng PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike final bahslarida hissiyotlar doim yuqori bo'lishini ta'kidladi. Uning aytishicha, jamoa o'zini yaxshi ko'rsatdi, oxirgi daqiqagacha kurashdi va penaltilar seriyasi hozircha PSJ uchun omad ramziga aylangan.
Shuningdek, penaltilar seriyasida PSJ darvozaboni Lyuka Shevale "Marsel" futbolchilarining ikki zarbasini qaytarib, jamoasining kubokni qo'lga kiritishida muhim rol o'ynadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing