Bastoni Xyoylunn bilan o'yin juda og'ir bo'lganini aytdi

“Inter”ning markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni “Napoli” hujumchisi Rasmus Xyoylunn bilan kechgan to'qnashuv haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakshanba kuni bo'lib o'tgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Daniyalik futbolchi gol yoki assist qayd etmagan bo'lsa-da, “neradzurrilar” mudofaasidagi yetakchi Bastoni uning o'yinini yuqori baholadi.
“Xyoylunngа qarshi o'ynash juda qiyin bo'ldi, u nihoyatda kuchli futbolchi. Uni “Atalanta”da bunchalik zo'r o'ynaganini eslay olmayman, ammo bu meni ajablantirmadi. Biz juda yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni bilardik — tarkibida sifatli futbolchilar ko'p”, — deya Bastonining so'zlarini “Inter” matbuot xizmati orqali “Gazeta.Ru” keltirdi.
Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa uchrashuv davomida ikki bor hisobda oldinga chiqdi, biroq ustunlikni ushlab qola olmadi. Mezbonlar safida Federiko Dimarko va Hakan Chalhanog'lu gol urdi, mehmonlar nomidan esa Skott Maktominay dubl qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!