date

Mario Balotelli BAA ikkinchi ligasidagi klubga o'tdi

Mario Balotelli BAA ikkinchi ligasidagi klubga o'tdi

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarining ikkinchi divizionida davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

35 yoshli markaziy forvard Yevropada «Milan», «Manchester Siti», «Inter» va «Liverpul» safidagi o'yinlari bilan tanilgan. U Dubayning «Al-Ittifak» klubiga qo'shildi. Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, tomonlar 2,5 yilga mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Balotellining yangi jamoasi mavsumni omadsiz o'tkazmoqda: ikkinchi ligada 12 uchrashuvdan so'ng atigi 6 ochko jamg'argan «Al-Ittifak» turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mario Balotelli BAA ikkinchi ligasidagi klubga o'tdi