date

Husanov–Alleyn dueti haqida muxlislar: ular “Siti”ni qutqarib qolyapti

Husanov–Alleyn dueti haqida muxlislar: ular “Siti”ni qutqarib qolyapti

“Manchester Siti”da himoya chizig‘ida kadrlar tanqisligi keskinlashgan pallada Abduqodir Husanov Xosep Gvardiolaning haqiqiy tayanchiga aylanmoqda. Tig‘iz taqvim, o‘yinlar orasidagi qisqa tanaffus, bir vaqtning o‘zida APL, mamlakat kubogi va Karabao kubogida yurish — bunday sharoitda har bir barqaror futbolchi oltinga teng. 21 yoshli legionerimiz esa aynan shu davrda “shaharliklar”ning ijobiy natijalariga salmoqli hissa qo‘shib kelyapti.

Ayniqsa, “Uotford”dan ijaradan qaytgan yosh futbolchi Maks Alleyn bilan birgalikda himoya markazini mustahkam ushlab turishi muxlislar-u mutaxassislarning alohida e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Ikki yosh himoyachining o‘zaro tushunishi, pozitsiya tanlashi, to‘pni “toza” olishi va xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror chiqarishi “Siti” uchun juda muhim omilga aylandi.

Shu bois klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham Husanov haqida fikrlar ko‘paydi. Muxlislar uning harakatlarini maqtab, himoyadagi tinchlikni aynan Abduqodir bilan bog‘layotganini ko‘rish mumkin:

Reggie Khule:

Husanov rostdan ham kuchli himoyachi ekanini amalda isbotlayapti.

Nasco Lkp:

Abduqodir Husanov himoyalanish bo‘yicha haqiqiy master-klass ko‘rsatyapti.

Ola Taiwo:

Husanov qo‘lidan kelgan barcha ishni qilib beryapti. Ilgari himoyaga unchalik qaramasdim, endi g‘alaba aynan himoyadan boshlanishini angladim.

Gift Katlego:

Agar Diash va Gvardiol markazga qaytsa ham, Husanovga o‘ng qanotni to‘liq ishonib berish kerak.

Skeem Molete:

Menimcha, Husanov Ruben Diashdan ham kuchliroq.

Joel Ugochukwu Okenwa:

Husanov hozir dunyodagi eng zo‘r himoyachi. Tezligi bor, to‘pni toza oladi.

Ik Parry:

Katta himoyachilar safga qaytsa ham, Husanov ko‘proq o‘ynashga munosib.

Emerald Sage Emrys:

Husanov — xatolarni yopadigan mashina!

Cleverly Mosses:

Husanov maydonda bo‘lsa, xavotir yo‘q.

King Abdul:

Husanov Gvardiolaning yuragini zabt etdi.

Connor Rigby:

Biz muxlislar Husanov va Alleynning o‘yinidan shokdamiz!

Tochukwu Elias:

Himoya haqida xotirjammiz. Kimdir “Husanov va Alleyn Diash va Gvardiol o‘rnini bosadi” desa, ishonmasdim. Lekin amalda shunday bo‘ldi.

Tinashe Jonga:

Husanov zo‘r himoyalanadi, sherigi esa to‘pni yaxshi nazorat qiladi.

Kevinho Mosquito:

Maks va Abduqodir fantastik. Ular dunyodagi eng yosh himoyachilar dueti.

Ian Raine:

Ikki markaziy himoyachi juda zo‘r. Biri 20, ikkinchisi 21 yosh. Bir-birini ajoyib tushunyapti. “Siti”ning kelajagi shularmi?

Tendai Smokeh:

Husanov jamoaning haqiqiy tayanchiga aylandi.

Syllah Mako:

Shu paytgacha “Siti” himoyasiga Husanov va Alleyn yetishmagani bilinib qoldi.

Traore Lajo:

Husanov men uchun eng yaxshi o‘yinchi bo‘lib qoldi.

Qisqasi, “Siti”da muammolar ko‘paygan bir paytda, Husanov–Alleyn juftligi jamoaga havodek kerak bo‘lib qoldi. Endi eng qizig‘i — katta nomlar safga qaytganida ham Gvardiola bu ikki yosh himoyachini “zaxira varianti” sifatida ko‘radi, deb o‘ylash qiyin. Chunki ishonch qozonilgan joyda, o‘rin ham topiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Husanov–Alleyn dueti haqida muxlislar: ular “Siti”ni qutqarib qolyapti