Ebue Dyokereshning Arsenalda ochilmayotgan sababini aytdi

Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Emmanuel Ebue hujumchi Viktor Dyokereshning jamoa safidagi o‘yinlariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shvetsiyalik forvard Angliyaga ko‘chib kelganidan keyingi ilk mavsumida «kanonirlar» tarkibida hali to‘liq ochila olmayapti. Ebue fikricha, gap faqat hujumchining o‘zida emas.
«Men Dyokereshni Portugaliyada o‘ynagan paytida ko‘p kuzatganman — u juda zo‘r hujumchi. Jismonan kuchli. Ammo muammo shundaki, «Arsenal»ning qanot futbolchilari unga yetarlicha ko‘p pas bermaydi. Ularning barchasi gol urishni xohlaydi, lekin Viktor — markaziy hujumchi. Gol urish uning vazifasi», — dedi Ebue.
Ivuar futbolchi Tyerri Anrining jamoadoshlarga ko‘p bor eslatib turadigan gaplarini ham yodga oldi: «Anri menga, Klishiga, Eshli Koulga va boshqalarga u hujumchi ekanini, shuning uchun gollarga muhtojligini doim aytardi. “Tushunaman, siz ham gol urishni xohlaysiz, ammo sizning ishingiz — vaziyat yaratish”, derdi», — Ebuening so‘zlaridan iqtibos keltiradi Arsenal News Channel.
Dyokeresh «Arsenal» safida 27 o‘yinda 9 ta gol muallifi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!