date

Emery Aston Villa bilan Yevrokuboklarda tarix yaratdi

Emery Aston Villa bilan Yevrokuboklarda tarix yaratdi

Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 7-turi doirasida «Aston Villa» safarda «Fenerbahche»ni minimal hisobda maglub etdi. Uchrashuv 1:0 natija bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

OptaJoe maʼlumotiga ko‘ra, ushbu g‘alaba Unai Emery uchun «Aston Villa» bosh murabbiyi sifatida yevrokuboklarda 31 o‘yindagi 20-g‘alaba bo‘ldi. Qayd etilishicha, ingliz klublari bilan 20 g‘alabaga bundan tezroq faqat Devid Moyes («Vest Hem», 28 o‘yin), Bill Nikolson («Tottenhem», 29) va Bob Peysli («Liverpul», 29) erishgan.

Yetti turdan so‘ng «Aston Villa» Yevropa Ligasi jadvalida 18 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. So‘nggi turda Emery shogirdlari o‘z maydonida «Red Bull Zaltsburg»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emery Aston Villa bilan Yevrokuboklarda tarix yaratdi