date

Arsenal Timber bilan yangi shartnomaga yaqinlashdi

Arsenal Timber bilan yangi shartnomaga yaqinlashdi

Niderlandiyalik qanot himoyachisi Yurryen Timber Londonning «Arsenal» klubi bilan kelishuv muddatini uzaytirishga juda yaqin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, «kanonirlar» futbolchi bilan hamkorlikni 2030 yoki 2031 yilgacha cho'zishni rejalashtirmoqda. Mikel Arteta Timberni yuqori baholaydi va uni jamoa uchun muhim ijrochilardan biri deb biladi.

Timber joriy mavsum APLda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

«Arsenal» Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va eng yaqin ta'qibchini 7 ochkoga ortda qoldirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal Timber bilan yangi shartnomaga yaqinlashdi