Slot Salohning jismoniy holati haqida gapirdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Mohamed Salohning hozirgi holati yuzasidan fikr bildirdi. Afrika kubogidan qaytganidan keyin Saloh Chempionlar ligasida "Marsel"ga qarshi uchrashuvda to'liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Slot juma kungi matbuot anjumanida Salohning yuklamalardan keyin tiklanishi reja asosida ketayotganini aytdi: "U 90 daqiqa o'ynadi. Kecha tiklanish mashg'ulotini o'tkazdik. Bugun ham ishladik va Salohni bilganim uchun, u ertaga maydonga tushishga tayyor bo'ladi. Ammo tarkib bo'yicha yakuniy qarorni so'nggi mashg'ulotdan keyin qabul qilaman", — dedi murabbiy.
"Bornmut" — "Liverpul" uchrashuvi Angliya Premyer-ligasida 24-yanvar kuni 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!