Yelagin Arsenal maglubiyatidan keyin MYU o'yinini maqtaganini aytdi

APLning 23-tur markaziy bahsida Londonning “Arsenal” jamoasi “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvda 2:3 hisobida maglub bo‘ldi. O‘yin yakunidan so‘ng taniqli sharhlovchi Aleksandr Yelagin natija va tomonlar o‘yiniga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yelagin ijtimoiy tarmoqlardagi postida “Manchester Yunayted”ning ancha vaqtdan beri bunchalik jips va uyg‘un harakat qilganini ko‘rmaganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu “Siti” o‘rnini egallab, deyarli “mukammal mexanizm”ga aylangan “Arsenal” fonida ayniqsa yaqqol ko‘ringan. Sharhlovchi “MYU” o‘yindan o‘yinga yashab kelayotganini, shunchaki “tirik qolmayotgani”, balki haqiqatan yashayotganini qayd etdi.
Safardagi ushbu g‘alabadan keyin mankunianlar Angliya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi. “Kanonirlar” esa hanuz birinchi o‘rinni saqlab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!