Mourinyo Arbeloa haqida u mening eng yaxshim emasdi dedi

Mourinyo Arbeloa haqida u mening eng yaxshim emasdi dedi

Chorshanba kuni Chempionlar ligasining 8-turi doirasida "Benfika" va "Real" maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan "burgutlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyo matbuot anjumanida madridliklar ustozi Alvaro Arbeloa haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mourinyo Arbeloa bilan avval "Real"da futbolchi sifatida birga ishlaganini eslatdi. Uning aytishicha, insoniy fazilatlari, shaxsiy munosabat va hamdardlik nuqtayi nazaridan Arbeloa murabbiy sevib ishlagan futbolchilardan biri bo'lgan.

"Albatta, u "Real"dagi eng yaxshi futbolchim emasdi, biroq o'sha paytda mening qo'lim ostida o'ynagan eng yaxshi insonlardan biri edi. Men bosim o'tkaza oladigan oxirgi odam ham aynan u bo'lardi. Alvaroning murabbiylik faoliyati ajoyib bo'lishiga umid qilaman", — dedi Mourinyo jurnalistlarga.

Ma'lumot uchun, Alvaro Arbeloa yaqinda iste'foga chiqarilgan Xabi Alonsoning o'rnini egallab, "Real"ni qabul qilib olgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar