Real Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisini kuzatmoqda

Madridning "Real" klubi yarim himoya chizigini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda. One Football nashri Cadena COPE radiosiga tayanib xabar berishicha, klub yozda Ruben Neveshni tarkibga qo'shib olishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, "Real" Nevesh uchun transfer puli to'lamasligi ehtimoli bor. Portugaliyalik futbolchining "Al-Hilol" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan bo'lsa-da, mart oyida 29 yoshga to'ladigan yarim himoyachi Madridga erkin agent sifatida yo'l olishi mumkin.
Nevesh avvalroq Yevropada "Portu" va "Vulverhempton" safida to'p surgan. U Portugaliya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi: milliy jamoa tarkibida 63 o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 5 assist qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!