YECHL 7-tur: «Real»dan gollar shousi, «Arsenal» Milanda g‘alaba qozondi...

Yevropa Chempionlar ligasining 7-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakunlandi va bu kecha futbol ishqibozlariga to‘laqonli drama ham, gollar bayrami ham ulashdi. Madridda «Real» raqibni maydalab tashladi, Milanda esa «Arsenal» o‘zining joriy formasini yana bir bor isbotladi. Amaldagi chempion «PSJ» esa Portugaliyada og‘riqli mag‘lubiyatni qabul qildi.
«Real»dan Madridda gollar yomg‘iri
Madriddagi to‘qnashuvda «Real» (15 ochko, 2-o‘rin) «Monako»ni (9 ochko, 20-o‘rin) maydonning har qarichida siqib qo‘ydi. Arbeloa boshqaruvidagi jamoa hujumda juda tezkor va qattiqqo‘l ko‘rindi. Kilian Mbappe dubl qayd etdi, Vinisius, Mastantuono va Jud Bellinghem ham bittadan gol yozib qo‘ydi. Qo‘shimcha ravishda, «Monako» himoyachisi Kererning avtogoli hisobni yanada og‘irlashtirdi.
Real — Monako 6:1
Gollar: Mbappe 5, 26, Mastantuono 51, Kerer 55 avtogol, Vinisius 63, Bellinghem 80 – Teze 72
Real – Kurtua, Heysen, Asensio (Seballos, 46), Valverde, Kamavinga (Fran Garsiya, 76), Guler (Karvaxal, 76), Chuameni, Bellinghem, Mastantuono (Gonsalo Garsiya, 71), Mbappe, Vinisius.
Monako – Ken, Vanderson (Uattara, 61), Zakariya (Bamba, 73), Kerer, Dayer, Kayo, Teze, Akliush, Fati (Kulibali, 61), Golovin, Balogun.
Ogohlantirishlar: Bellinghem 44 – Zakariya 33
Markaziy bahs Milanda: «Arsenal» «Inter»ni sindirdi
Kechaning eng katta intrigalaridan biri — «Inter» (12 ochko, 9-o‘rin) — «Arsenal» (21 ochko, 1-o‘rin) bahsi o‘zini oqladi. «To‘pchilar» boshidanoq tempni yuqori qo‘ydi: Gabriel Jezus dublga erishdi, zaxiradan tushgan Viktor Gokeresh esa uchrashuvga nuqta qo‘ydi. «Inter» tomonida Suchichning goli qisqa muddat umid uyg‘otgan bo‘lsa-da, yakunda londonliklar o‘z so‘zini aytdi.
Inter — Arsenal 1:3
Gollar: Suchich 18 – Jezus 10, 31, Gokeresh 84
Inter – Zommer, Akanji, Acherbi, Bastoni, Enrike, Barella (Frattezi, 63), Ziyelinski, Suchich, Dimarko, Martines (Espozito, 63), Tyuram.
Arsenal – Rayya, Timber (Uayt, 64), Saliba, Moskera (Gabriel, 75), Luis-Skelli, Subimendi, Merino, Eze (Rays, 64), Saka, Trossar (Martinelli, 79), Jezus (Gokeresh, 75).
«PSJ» uchun Lissabonda so‘nggi zarba
Amaldagi chempion «PSJ» (13 ochko, 5-o‘rin) Portugaliyada «Sporting» (13 ochko, 6-o‘rin) bilan o‘ta qizg‘in o‘yin o‘tkazdi. Parijliklar javob golini topganiga qaramay, hal qiluvchi lahza mezbonlar foydasiga ishladi: Suares 90+1-daqiqada g‘alaba golini urib, stadionni “portlatdi”.
Sporting — PSJ 2:1
Gollar: Suares 74, 90+1 – Xvicha 79
Sporting – Rui Silva, Fresneda, Inasio, Mateus, Mangas (Ioannidis, 63), Morita, Simoes, Arauxo, Trinkan, Geni, Suares
PSJ – Shevale, Zair-Emeri, Markinos, Pacho, Mendesh, Mayulu (Xvicha, 66), Vitinya, Ruis (Zabarniy, 80), Due, Barkolya (Ramush, 71), Dembele
Londonda ishonchli «Tottenhem», «Borussiya»da qizil kartochka
«Tottenhem» (14 ochko, 4-o‘rin) o‘z uyida «Borussiya D»ni (11 ochko, 12-o‘rin) 2:0 hisobida yengdi. Erta gol va birinchi bo‘limdagi ikkinchi zarba londonliklarga xotirjamlik berdi. Nemislar esa 24-daqiqada Svensson chetlatilganidan keyin vaziyatni qutqara olmadi.
Tottenhem — Borussiya D 2:0
Gollar: Romero 14, Solanke 37
Tottenhem – Vikario, Danso, Udodji, Bergvall, Gray, Simons, Porro, Spens, Odober, Solanke (Kolo Muani, 70), Romero.
Borussiya D – Kobel, Kouto, Anton, Shlotterbek, Bensebaini, Bellinghem, Nmecha (Chukvuemeka, 64), Brandt (Riersson, 46), Svensson, Adeyemi (Silva, 64), Girassi (Jan, 46)
Chetlatish: Svensson 24
Qolgan o‘yinlardan qisqa xulosa
— «Olimpiakos» «Bayer»ni 2:0 hisobida “sovuq dush” ostida qoldirdi: gollar juda erta va tanaffus oldidan keldi.
Olimpiakos — Bayer 2:0
Gollar: Koshtinya 2, Torimiy 45+1
Olimpiakos – Tzolakis, Koshtinya, Retsos, Muzakitis, Pirola, Ortega, Xezze, Rodiney, Shikinyu (Skipioni, 82), Martins, Torimiy (El-Kaabi, 75)
Bayer – Blashich, Kuansa, Bade, Fernandes, Andrix, Pok-u, Grimaldo, Aleks Garsiya, Vaskes (Tilman, 58), Maza (Artur, 70), Kofane (Shik, 70)
— «Kopenhagen» — «Napoli» 1:1: neapolliklar oldinga chiqqan bo‘lsa-da, mezbonlar ikkinchi bo‘limda javob qaytardi.
Kopenhagen — Napoli 1:1
Gollar: Larsson 72 – Maktominay 39
Napoli – Milinkovich-Savich, Di Lorenso, Buondjorno, Jezus, Guterres, Lobotka, Maktominay, Elmas, Vergara (Lang, 62), Spinatssola (Olivera, 63), Hoylund.
— «Vilyarreal» — «Ayaks» 1:2: amsterdamliklar oxirgi daqiqalardagi gol bilan uch ochkoni olib ketdi.
Vilyarreal — Ayaks 1:2
Gollar: Oluvaseyi 49 – Glux 61, Edvardsen 90
Vilyarreal – Tenas, Mourinio, Marin, Veyga, Kardona, Pepe, Komesanya, Parti, Moleyro (Buchanan, 46), Oluvaseyi, Peres.
Ayaks – Yarush, Goei, Bouman, Vayndal, Reger, Mokio, Klassen, Glux (Edvardsen, 84), Dolberg, Godts, Bas.
Umumiy turnir jadvali:

Xulosa shu: 7-turdan keyin jadvaldagi kurash yanada qizidi — kimdir uchib ketyapti, kimdir esa oxirgi daqiqalarda o‘zini “qutqarish rejimi”ga o‘tkazdi. Endi har bir ochko — oltindan qimmat.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!