Miyatovich Realga hozir aynan lider futbolchi yetishmaydi dedi

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich «qirollik» jamoasining bugungi tarkibida haqiqiy yetakchi futbolchi ko'rinmayotganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Unga ko'ra, «Real»ga jamoani ortidan ergashtiradigan xarakterli lider zarur. Miyatovich hozirgi tarkibda Xerro, Ramos, Modrich yoki Benzema kabi yetakchiga o'xshash futbolchi yo'qligini aytdi. Mbappe masalasida esa: «Kilian zo'r futbolchi, ko'p gol uradi, ammo u lider emas. Hozir maydonda ish yurishmay qolsa, jamoadoshlariga talab qo'ya oladigan, kerak bo'lsa ularni “silkitib” yuboradigan futbolchi yo'q», — deya Diario Sport nashri sobiq o'yinchining so'zlarini keltirdi.
«Real» so'nggi uchrashuvida safarda Lissabonning «Benfika» klubiga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag'lubiyatdan keyin madridliklar top-8dan tushib ketdi va Yevropa Chempionlar ligasida pley-off yo'llanmasi uchun saralash bosqichida o'ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!