date

Kenan Yildiz Yuventusni o'z uyi va oilasi deb atadi

Kenan Yildiz Yuventusni o'z uyi va oilasi deb atadi

Turkiyalik iqtidor Kenan Yildizning kelajagi bo'yicha «Yuventus» aniq qaror qildi: Turin klubi futbolchi bilan shartnomani uzaytirib, uni Yevropaning yirik jamoalari qiziqishi fonida o'z safida saqlab qoldi. OAVda «Real» ham Yildizga e'tibor qaratgani tilga olinayotgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rasmiy xabardan so'ng Yildiz klub rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi va «Yuventus»dagi muhitni alohida ta'kidladi. «Avvalo Jon Elkannaga rahmat aytmoqchiman. Men juda xursandman, bu yerda o'zimni uyimdagidek his qilaman, atrofim — mening oilam. Yaqin kelajakda katta yutuqlar bizni kutayotganiga ishonaman», — dedi u.

Eslatib o'tamiz, hozirda «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kenan Yildiz Yuventusni o'z uyi va oilasi deb atadi