date

Ronaldu to'purarlar poygasida ortda qolmoqda, ikki raqib oldinga chiqdi

Ronaldu to'purarlar poygasida ortda qolmoqda, ikki raqib oldinga chiqdi

Krishtianu Ronaldu uchrashuvlarda maydonga tushmayotgan bir paytda, uning to'purarlar poygasidagi raqiblari gollar urishda davom etmoqda. Yaqinda portugaliyalik hujumchi "Al-Ahli" futbolchisi Ayven Toniga yetakchilikni boy bergandi, endi esa "Al-Kadisiya" vakili Xulian Kinones ham Ronaldundan o'zib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozircha Ronaldu hisobida 17 ta gol bor. Toni 19 marta, Kinones esa 18 bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, to'purarlar jadvalida portugaliyalik yulduzdan oldinga o'tdi.

41 yoshli hujumchi yozda Saudiya Arabistonini tark etishi ham mumkin. Futbolchi Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi "Al-Hilol"ni "Al-Nasr"ga qaraganda ko'proq qo'llab-quvvatlayapti, shu bois chempionatda adolatli raqobat haqida gapirish qiyin, deb hisoblaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu to'purarlar poygasida ortda qolmoqda, ikki raqib oldinga chiqdi