Parma 10 na 10 o'yinda Bolonyani yana mag'lub etdi

A Seriyasining 24-turida «Bolonya» o'z maydonida «Parma»ni qabul qildi. Mezbonlar qariyb bir yarim taymni bir kishi kam bo'lib o'tkazganiga qaramay, sakkiz bor zarba berdi, ammo faqat bittasi darvozaga aniq bordi. «Parma» esa son jihatdan ustun bo'lib turib ham hujumlarni keskinlashtira olmadi va atigi ikki marta xavfli vaziyat yaratdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18-daqiqada «Parma» futbolchisi Mandela Keyta raqib jarima maydoni atrofiga yaqin joyda yiqitildi. Epizoddan so'ng Tommazo Pobega avvaliga ogohlantirildi, biroq VAR ko'rib chiqilgach, hakam qarorini o'zgartirib, uni maydondan chetlatdi.
69-daqiqada to'p himoyachi Santiya'go Kastroga tegib darvozadan joy oldi, ammo uzoq davom etgan tekshiruvdan keyin gol ofsayd sabab bekor qilindi. 79-daqiqada mehmonlar ham 10 kishi bo'lib qoldi — Mariano Troylo ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda Kristian Ordon'yes uzoq masofadan aniq zarba yo'llab, «Parma»ga g'alabani taqdim etdi — 0:1.
Bu natijadan so'ng «Bolonya» ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib, turnir jadvalida 10-o'rinda qoldi. «Parma» esa 14-pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!