Nepomnyashiy Safonovning PSJdagi so'nggi o'yinlarini baholadi

Mashhur rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashiy Fransiyada PSJ safida to'p surayotgan darvozabon Matvey Safonovning so'nggi uchrashuvlardagi o'yinlariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yaqinda Rossiya terma jamoasi posboni joriy mavsumdagi yettinchi o'yinini o'tkazdi. Parij klubi prinsipial derbida «Marsel»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:0.
«Men doim aytaman: u albatta o'ynashi kerak. Xudo xohlasa, shunday davom etadi. U o'z o'yini bilan hammasini bir necha bor isbotlagan», — deya Nepomnyashiyning so'zlarini «Match TV» keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Safonov 2023 yilda «Krasnodar»dan Liga 1ga ko'chib o'tgandi. 26 yoshli darvozabon PSJ bilan Chempionlar ligasi, FIFA Qit'alararo kubogi, UEFA Superkubogi, shuningdek Fransiyadagi barcha sovrinlar — Liga 1, Kubok va Superkubokni qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!