Gvardiola Niko O'Raylining himoyadagi o'yinini yuqori baholadi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Niko O'Raylining qanot himoyachisi pozitsiyasidagi o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis yosh futbolchining harakatlarini juda yuqori baholab, jamoa raqobatbardosh bo'lishi uchun jismoniy tayyorgarlik va to'pni nazorat qilish masalalari muhimligini ta'kidladi. “A'lo daraja. Biz jismonan yaxshi tayyor bo'lishimiz kerak, chunki to'pni yetarlicha boshqara olmayapmiz. Agar to'pni yomon ushlasang va jismoniy tomondan ham yetarli bo'lmasang, boshqalar bilan raqobatlasha olmaysan”, — dedi Gvardiola City Report nashriga.
Joriy mavsumda 20 yoshli “Siti” akademiyasi tarbiyalanuvchisi barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'Raylining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!