Manuel Noyyer maydonda himoya yoki tayanchda o'ynashi mumkinligini aytdi

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyyer o'zini faqat darvoza chizig'ida emas, boshqa pozitsiyada ham sinab ko'rishi mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Myunxen klubini boshqargan davrida Xosep Gvardiola darvozabonni maydonga tushirish g'oyasini ham ko'rib chiqqan edi. 39 yoshli sardordan aynan shu mavzuda fikri so'raldi.
“Pastroq darajada maydonda bemalol o'ynab keta olardim. Masalan, uchinchi divizionda, to'p nazoratiga tayanadigan jamoada. Balki tezlik biroz yetishmas, ammo o'zimni ko'rsata olaman. Markaziy himoyachi bo'larmidim yoki tayanch yarim himoyachi — Xavi Martinesga o'xshash rolmi, aniq bilmayman. Qiziq bo'lardi. Lekin darvozabon sifatida erishganlarimdan juda mamnunman”, — dedi Noyyer L'Equipe nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda tajribali posbon “Bavariya” safida 27 uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol o'tkazib yubordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!